用户名/邮箱
登录密码
验证码
看不清?换一张
您好,欢迎访问! [ 登录 | 注册 ]
您的位置:首页 - 最新资讯
YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA XIZMATLARNI TAQDIM ETUVCHI KORXONALARNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR IQTISODIY BOSHQARUV YO‘NALISHLARI. Текст научной статьи по специальности ?Экономика и бизнес?
2023-11-25 00:00:00.0     Экономика и бизнес(经济和商业)     原网页

       

       ?0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

       YANGI O'ZBEKISTON SHAROITIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA XIZMATLARNI TAQDIM ETUVCHI KORXONALARNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR IQTISODIY BOSHQARUV YO'NALISHLARI. 1Abduxalilov Boburjon Zuxridin o'g'li ,2Chilonboyeva Mohichehraxon Abdusattorjon qizi

       1Andijon axborot texnologiyalari texnikumi direktori, Andijon, O'zbekiston 2Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti, Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringgi fakulteti talabasi, Andijon, O'zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.10139313

       Annotatsiya. Mazkur maqolada iqtisodiy jadal suratlarda rivojlanib borayotgan Yangi O'zbekiston sharoitida axborot texnologiyalari sohasida xizmatlarni taqdim etuvchi korxonalarni rivojlantirishning ustuvor iqtisodiy boshqaruv yo'nalishlarini belgilash hamda bu boradagi milliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish zarur jihatlarni aniqlash vazifalari to'g'risidagi g'oyalar olg'a suriladi.

       Kalit so'zlar: IT-provayder, ITIL v3, ITIL v4, IT-xizmat, IT-jarayon, bozor iqtisodiyoti, eng yaxshi amaliyotlar

       Аннотация. В этой статье придвинуто вперёд идеи об определение приоритетной направлений управления развитие организации, предоставляющие услуг информационных технологий в условиях по экономический динамичный развивающевого Новый Узбекистан, а также в этом отношение определить важных акспектов национальных исследование.

       Ключевы слова: ИТ-првайдер, ITIL v3, ITIL v4, ИТ-услуга, ИТ-процесс, риночная экономика, самые лучшие практики

       Abstract. In this article, the ideas of determining the priority directions of management of the development of organizations providing information technology services in the conditions of an economically dynamic developing New Uzbekistan are pushed forward, as well as in this relation to identify important aspects of national research.

       Keywords: IT-provider, ITIL v3, ITIL v4, IT-service, IT-proces, the market economy, the best practice

       So'ngi 20 yil ichida IT provayderlarning raqobatbardoshlik ko'rsatkichi biznesning barcha bo'g'im is'temolchilarining talablarini bajarishdagi IT provayderlar kompetensiyalari, tashkilotlarning biznes jarayonlarini reinjiniringi va ERP-tizimlarini (Enterprise Resource Planning - tashkilot resurslarini rejalashtirish) tadbiq etishi bilan bog'liq ekanligini ko'rsatib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan IT provayderlar xizmatlarni taqdim etishda ITIL v3 va ITIL v4 eng yaxshi amaliy usulbiyotlardan foydalangan holda o'z aktivlaridan foydalanish bo'yicha raqobatbardoshlikda ustunlikga ega bo'lib boshqaruv tizimida qo'llaniluvchi axborotlarning ishonchlilik sifatini oshirish bilan mutassil shug'ullanishmoqda. Bu o'z navbatida O'zbeksiton sharoitida IT kompaniyalarning IT-servis va IT-jarayonlarini boshqarishning raqobatbardosh eng yaxshi amaliy usularini ishlab chiqish zaruratini tug'diradi.

       IT-xizmat ko'rsatuvchi provayderlarning raqobatbardoshlik bo'yicha ustunliklarini oshirishning zamonaviy bosqichda (to'rtinchi sanoat inqilobi sharoitida) ERP paradigmasidagi korxona boshqaruvidan bevosita biznes jarayonlarini intelektual boshqarish (IEM-tizim -Intelligent Enterprise Managing) tizimiga o'tishni amalga oshirish uchun zarur vakolatlar bilan bog'liq bo'lgan IT texnologiyalar sohasidagi yutuqlarga (tarmoqlararo bog'lanish, istalgan vaqtda va istalgan joyda xizmatlar va resurslarga bog'lana olish, katta ma'lumotlarni tahlil qilish imkoniyatlari, bulutli texnologiyalar, Internetga ulangan buyumlar) asoslanadi.

       0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

       IT-provayderning raqobatbardoshligini oshirishning istiqbolli yo'nalishi ITIL-v3, v4 da boshqaruvning kuchli tarafini namoyon etuvchi eng yaxshi usullarda belgilangan IT -faoliyatni tashkil etish bo'yicha konseptual bilimlarni va matematik modellarni tahlil qilish hamda sintez qilish usullari haqidagi bilimlar integratsiyasi, shuningdek, boshqaruv nazariyasining ilg'or optimal boshqaruv mexanizmlarini joriy etish hisoblanadi. Bunday integratsiya hal qilinishi zarur bo'lgan vazifalarni ko'p qirrali shakllantirish va menejment tomonidan eng yaxshi usullar shaklida taklif qilingan taxminiy yechimlarni topishning evristik protseduralaridan optimal yechimlarni shakllantirish algoritmlariga o'tish natijasida qo'shimcha raqobatbardosh ustunliklarga ega bo'lishga imkon beradi.

       O'zbekiston sharoitida IT provayderlar xizmatlarini raqobatbardosh boshqaruv hayot sikli va usullarini istiqbolli rivojlantirishda jahon hamjamiyati tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyaviy xarakterga ega eng yaxshi amaliyotlarni tadbiq etish orqali Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta'minlash bo'yicha ta'sirchan choralar ko'rish imkonini beradi.

       Intellektual IT xizmati va jarayonlarni boshqarish tizimining bilimlar bazasining predmet va protsessual tarkibiy qismlarini to'ldirish uchun zarur bo'lgan boshqaruv muammolarini hal qilish uchun rasmiy yo'riqnomalar va algoritmlar bugungi kunda (IEM to'liq joriy etilmagan holda) IT-provayderlarning boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirish uchun qo'llanilishi mumkin. Bunday dastur asta-sekin IT-xodimlarning muammoning rasmiy modelini tanlash va uni tegishli intellektual vositalar bilan hal qilish algoritmi kabi funksiyalar o'rnini bosadi. Shu sababli, bozor muhitiga moslashuvchan va o'z-o'zini rivojlantiradigan IT-provayder aktivlarini boshqarish tizimini ishlab chiqish va qo'llash asosida hozirgi bosqichda barcha turdagi va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar IT-provayderlarning raqobatbardoshligini oshirish muammosini hal qilish, o'z navbatida IT xizmatlar hayot siklini boshqarish bo'yicha yo'riqnomalarini rasmiylashtirish va algoritmlarini takomillashtirish dolzarb hisoblanadi.

       Axborot texnologiyalari sohasida xizmat ko'rsatuvchi har bir sub'ektning rivojlanishi uchun umumiy o'zgarmas qoida sifatida uchta quyidagi asosiy yo'nalishni belgilab olish zarur:

       1. Huquiy asos - bunda AKT sohasida faoliyat olib boruvchi sub'ektning qonun bilan qat'iy belgilan majburiyatlari va faoliyat olib borishi uchun huquqiy ta'minlangan ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muhitni ta'minlashni nazarada tutadi;

       2. Moliyaviy ta'minot - moliyaviy va iqtisodiy instrumentlarning umuminsoniy prinsiplarga mosligini nazarda tutadi;

       3. Texnologikyechim - AKT sohasida faoliyat olib boruvchi sub'ektning taklif etayotgan yoki taqdim qilayotgan xizmatlarning arzon, sifatli va tez amalga oshirish imkoniyatlari.

       Ko'rib chiqilayotgan masalalarning ayrim jihatlari iqtisodiyot nazariyasi, umumiy boshqaruv nazariyasi, shuningdek innovatsion menejment nazariyasiga bag'ishlangan bir qator xorijiy ilmiy ishlarda yoritilgan bo'lib, ushbu muammoga Bandurin A.V., Bouman K, Viner N, Gorbovsov G.Ya, Goxberg L.M, Ilenkova S.D, Druker P.F, Maslou A, kabi taniqli olimlar katta hissa qo'shganlar. Ularning asarlarida tashkilotning raqobatbardoshligi mohiyatini tashkil etuvchi asosiy qoidalar ishlab chiqilgan, uning rivojlanishining muayyan shakllari aniqlangan. Mutaxassislar raqobatbardoshlikni korxonaning umum belgilangan ehtiyojlarini qondiradigan tovarlar ishlab chiqarish qobiliyatini belgilaydigan murakkab xususiyat deb hisoblashadi.

       0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

       Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bilan bog'liq masalalar xorijiy mualliflar tomonidan o'rganilgan: Bxayd A., Buaron R., Galkin G., Dunaev G., Jen D., Karacharovskiy V., Koyn K., Lavlok K.

       Shuningdek mamlakatimiz olimlari Abduraxmonov Q, Zayniddinov Sh, G'ulomov S.S., Begalov B, Xodiev B, Tulanov S.S, Teshaboev T.Z, Kenjaboev O, Maxmudov N, Abdullaev A va boshqalar bir qator ilmiy izlanishlar olib borgan.

       Muammoning amaliy tomoni ixtisoslashgan ilmiy jurnallarda, shuningdek elektron manbalarda to'liq bo'lmagan hajmda bo'lsada ochib berilgan. Natijada amaliy bilimlarni tizimlashtirish va umumiy metodologiyani ishlab chiqish zarurati mazkur masalada chuqur tadqiqot o'tkazilishini, hamda tadqiqotning maqsadi va vazifalarini aniqlaydi.

       Bozor iqtisodiyoti muhitidagi o'zgarishlarga moslashuvchan tuzilmani va IT-provayderning o'z-o'zini rivojlantiruvchi aktivlarni boshqarish tizimini ishlab chiqish va qo'llash asosida hozirgi bosqichda IT-provayderlarning mulkchilik shaklidan qat'iy nazar raqobatbardoshligini oshirish muammosini hal qilish, yo'riqnomalarni shakllantirish va takomillashtirish usullari va algoritmlari IT xizmatining hayot siklini boshqarish muammolarini hal qilish tadqiqotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi.

       Ayni paytda O'zbekistonda ham IT-mahsulotlar va xizmatlar eksporti izchil ortib bormoqda. 2021-yil yakuniga ko'ra, IT-eksport hajmi 46 million dollarga yetgan, bu 2020-yilga nisbatan (16 million dollar) ikki baravar ko'pdir. 2022-yil oxirigacha bu ko'rsatkich 100 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda, 2028-yil oxirigacha esa bu ko'rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. O'zbekistonning asosiy IT eksport bozorlari: AQSh (83,3 foiz), Buyuk Britaniya (5,2 foiz), Rossiya (3,2 foiz), Koreya Respublikasi (2,1 foiz) va BAA (1,1 foiz). Shuningdek, O'zbekistonning Hududlar bo'yicha ko'rsatilgan axborot va aloqa sohasidagi xizmatlar hajmi (1-jadvalda) va Hududlar bo'yicha ko'rsatilgan axborot va aloqa sohasidagi xizmatlar hajmining o'sish sur'ati (2-jadvalda) ko'rsatkichlarini ham ko'rib chiqish mumkin.

       1-jadval. Hududlar bo'yicha ko'rsatilgan axborot va aloqa sohasidagi xizmatlar hajmi (mln.so'm) (Manba: Ochiq ma'lumotlar portali https://data.gov.uz/)

       № Hududlar 2023 yanvar-mart 2023 yanvar-aprel 2023 yanvar-may

       1 O'zbekiston Respublikasi 6211,9 8590,3 11817

       2 Qoraqalpog'iston Respublikasi 160,1 214,3 272,7

       3 Andijon 241,9 325,4 416,2

       4 Buxoro 178,3 239,4 300,5

       5 Jizzax 115,4 155,3 194,5

       6 Qashqadaryo 218,4 293,9 374,9

       7 Navoiy 103,8 139,2 176,1

       8 Namangan 217,5 291,8 369,7

       9 Samarqand 303,6 408,4 519,5

       10 Surxondaryo 176,2 238 298,4

       11 Sirdaryo 81,7 109,8 139,6

       12 Toshkent 241,7 331,2 409,8

       13 Farg'ona 323,9 436,8 556,5

       NOVEMBER 17

       2023

       INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

       IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

       14 Xorazm 154,7 206,9 269,6

       15 Toshkent sh. 3689,2 5192,6 7509,8

       2-jadval. Hududlar bo'yicha ko'rsatilgan axborot va aloqa sohasidagi xizmat ar hajmining o'sish sur'ati (foizda) (Manba: Ochiq nia'luiiiotlar portali https://data.gov.uz/)

       № Hududlar 2023 yanvar-mart 2023 yanvar-aprel 2023 yanvar-may

       1 O'zbekiston Respublikasi 121 123,7 124,6

       2 Qoraqalpog'iston Respublikasi 125,5 121,8 121,7

       3 Andijon 129,6 124,9 124,7

       4 Buxoro 123,8 122,2 122,5

       5 Jizzax 125,1 121,8 122,8

       6 Qashqadaryo 126,2 123,7 123,9

       7 Navoiy 127,4 124,6 124,9

       8 Namangan 129,4 125,6 126,1

       9 Samarqand 126,5 123,8 124,5

       10 Surxondaryo 128,1 126,2 126,8

       11 Sirdaryo 127,4 124 125

       12 Toshkent 124,8 125,3 123,8

       13 Farg'ona 125,4 123,4 121,7

       14 Xorazm 127,3 124,8 124,9

       15 Toshkent sh. 117,3 123,3 125

       Muhim afzalliklar qatorida IT-biznes uchun imtiyozlarni ham joriy etilishi bilan bog'liq hamda bu O'zbekistondagi IT-kompaniyalarga bir qator soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etadi. Xususan, IT Park rezidentlari hisoblangan IT-kompaniyalar 2028-yilgacha barcha korporativ soliqlardan ozod qilingan. IT-kompaniyalar eksport faoliyatini amalga oshirishda O'zbekiston fuqarosi bo'lmagan xodimlar bilan xorijiy valyutada hisob-kitob qilish imkoniyatiga ega. Bu imtiyozlarni biznesga ijobiy ta'sirin oshirishda IT-kompaniyalar va IT-provayderlar uchun optimal boshqaruv usullarini tadbiq etish va raqobatbardoshlikning ilmiy jihatlarini tadqiq etishni kun tartibiga chiqarmoqda.

       Yuqorida keltirilgan jihatlarni hisobga olgan holda bir qator vaziflarni Yangi O'zbekiston sharoitida IT-provayder uchun xususiy holatlar yechish vazifasini etib belgilab olish maqsadga muvofiq:

       1. ITIL v3, v4 metodologiyasining "eng yaxshi amaliyot"ini o'rganish va IT xizmatlarining hayot siklini boshqarishda qaror qabul qilish jarayonlarini tadqiq qilish;

       2. Bozor muhitiga moslashuvchan va IT-provayderning o'z-o'zini rivojlantiruvchi raqobatbardosh aktivlarni boshqarish tizimining funksional tuzilishini tahlil qilish va sintez qilish usullarini ishlab chiqish;

       3. IT xizmatlar hayot sikllarining turli bosqichlarida hal qilinadigan IT xizmatlarni boshqaruv masalalari va jarayonlari uchun usullar va algoritmlarni ishlab chiqish orqali yo'riqnomalarni shakllantirish;

       - korxona ERP tizimining funksional doirasini shakllantirish vazifalari (strategiya bosqichi);

       0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

       - loyihalar bilan parallel ishlovchi guruhlar tomonidan korxona biznes-jarayonlarining IT-xizmatlarini rivojlantirish bo'yicha taqvim rejasini shakllantirish vazifalari (loyihash bosqichi);

       - korxona ERP tizimi funksional sinash ko'lamini shakllantirish vazifalari (joriy etish bosqichi);

       - eksplutatsion IT-muhitda IT-xizmatlar relizlarini tadbiq etish va shakllantirish vazifalari (joriy etish bosqichi);

       - xizmatni takomillashtirish rejasini shakllantirish vazifalari (muntazam takomillashtirish bosqichi);

       - IT-personal va IT-xizmat foydalanuvchilarning malaka kompetensiyalari boshqaruvining birlashtirish va personallashtirish masalalari (hayot siklining barcha bosqislarida);

       4. IT xizmatlar va IT jarayonlarni optimal boshqarish mexanizmlarini joriy qiluvchi maxsus dasturiy ta'minotni ishlab chiqish.

       Yangi O'zbekiston sharoitida IT provayderlar va operatorlarning raqobatbardoshlik bo'yicha bir qator ilmiy yangiliklar ITIL v3 va ITIL v4 bo'yicha eng yaxshi amaliyotlar doirasida ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etish zarur deb hisoblaymiz. Xususan,

       1. IT-provayderning raqobatbardosh aktivlarni boshqarish tizimini tahlil qilish, sintez qilish va funksional tuzilish usuli, bozor muhiti (iste'mol qilingan IT-xizmatlar, mijozlar, raqobatchilar, IT-innovatsiyalar) va IT-xizmat hayot siklining bosqichlarini boshqarish, o'z-o'zini rivojlantirish va rivojlanishni ta'minlash uchun quyi tizimlar bilan bog'liqligi bilan bozor muhitining muhim muvaffaqiyat omillariga moslashishni tadqiq etish;

       2. Kompetensiyani boshqarishni hal qilishiga qaratilgan ikki tarmoqli dasturlashning usullari va takroriy protsedurali vazifalarni interaktiv optimal yechimlari ishlab chiqish.

       3. IT-servis va IT-jarayonlarni boshqarishning skalyar, vektorli va o'yin tarzidagi optimal yechimlariga ega dasturiy komplekslar ishlab chiqarilib amaliyotga tadbiq etish.

       IT provayderlarning Yangi O'zbekiston sharoitida mulkchilik shakliga bog'liq bo'lmagan holda boshqarishning ko'p vazifali xizmatlar va jarayonlarni qo'shimcha raqobatbardoshlik ustunligiga ega samarali instrumentlar yordamida yechimlar topish imkonini beradi.

       Shuningdek ishlab chiqilgan usullar va funksional yechimlar boshqa bir qator qurilish va energiya ta'minoti bilan bog'liq sohalarda ham qo'llash imkonini beradi. Hamda ta'lim jarayonida AKT sohasida menedjment va raqamli iqtisodiyot ta'lim yo'nalishlarida ayrim fanlarni o'qitishda qo'l kelishini ham ta'kidlab o'tish mumkin.

       Xulosa o'rnida o'zgarib va yangilanib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida bajarilishi rejalashtirilgan bir qator ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish zarur ekanligini ta'kidlab o'tish joiz:

       - O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan IT-provayderlarning boshqaruv shakllari va usullarini tahlil qilish;

       - xalqaro institut va tashkilotlarning IT-provayderlarni boshqarish bo'yicha tavsiyalarini o'rganib chiqish;

       - chet elda faoliyat olib borayotgan IT-provayderlarning boshqaruv shakllari va usullarini tahlil qilish;

       - tadqiqot davomida olingan natijalar asosida O'zbekiston sharoitida IT provayderlar xizmatlarini raqobatbardosh boshqaruv hayot sikli va usullarini istiqbolli rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

       REFERENCES

       1. Mirziyoev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: "O'zbekistan", 2021 y.

       0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

       2. ITIL ? Foundation ITIL 4 Edition. Copyright ? AXELOS Limited 2019

       3. A.N.Aripov, T.K.Iminov, O'zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi menejmenti masalalari. Toshkent -"Fan va texnologiya", 2005 y.

       4. А.В.Зимин, О функциях и задачах управления конкурентоспособностью стадии эксплуатации ИТ-сервиса / А.В. Зимин, И.В. Буркова, В.В. Зимин // Наукоемкие технологии разработки и использования минеральных ресурсов: науч. журнал. Сиб. гос. индустр. ун-т: под общей ред. В.Н. Фрянова. - Новокузнецк - 2020. - №6. - С. 245 - 248.

       


标签:经济
关键词: zbekiston     bilan     boshqarish     yicha     qilish     etish     chiqish     ishlab    
滚动新闻
    相关新闻